Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Huquq himoyachisi Azimjon Asqarov vafot etdi - Qirg‘iziston
25.07.2020 14:37,  
801

Qirg‘izistonda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan huquq himoyachisi Azimjon Asqarov vafot etdi. Bu haqda Bi-Bi-Si o‘zbek xizmati xabar bermoqda.

Bishkekdagi «Bir Dunyo Qirg‘iziston» nodavlat huquq tashkilotining rahbari To‘lo‘yqan Ismailovaning ma’lum qilishicha, kecha, 24 iyulda Azimjon Asqarov tez yordam mashinasida 47 son qamoqxonasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib kelingan.

«Azimjon Asqarovni tekshirib, davolanishiga umid qilib turgandik. Afsus,bugun vafot etdi», deya yig‘laydi bir necha yillardan beri marhum huquqbon ozodligi uchun kurashib kelgan ayol.

So‘ngi kunlari uning sog‘ligi yomonlashib, tana harorati ko‘tarilib, nafas olishi qiyinlashgan edi. Bemor tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.

3 kun avval himoyasidagi insonni qamoqqa borib ko‘rgan advokat Valeryan Vaxitovning so‘zlariga ko‘ra, Azimjon Asqarov erkin harakat qilolmay qolgan. Uni uchrashuvga qamoqxona xodimlari yetaklab kelgan.

«Azimjon Asqarov juda ozib ketgan. Uning qo‘llari yosh bolalarniki kabi, kichkina, tanasida suyuqlik yo‘q, faqat suyaklari qolgan. Tanasi sarg‘ayib ketgan, deyarli hech narsa qolmagan. Qulog‘i yaxshi eshitmaydi. Yo‘talayapti. Uni men bilan uchrashuvga ikki qamoqxona xodimi yetaklab olib kelishdi. Men Azimjondan nima bo‘lganini so‘radim. U erkin harakat qilib yurolmayotganini, 5-6 metrdan so‘ng, yiqilib tushayotganini, hattoki o‘tirishga ham qiynalayotganini aytdi. Og‘ir kasal ekani sezilib turibdi», degan edi advokat.

Yetmish yoshli Azimjon Asqarov advokatiga ovqat ham iste’mol qilolmayotganini, unga qamoqxona shifokorlari quvvatlantiruvchi ukollar qilishayotganini aytgan.

«Men qamoqxona ma’muriyatiga Azimjon Asqarov sog‘ligini tekshirish va davolash bo‘yicha ariza yozdim. Men yuristman, shifokor emas. Shifokorlar uni qanday kasalliklar bilan og‘riyotganini aniqlashishi kerak. Shuningdek, men qamoqxona shifokorlaridan Asqarov bungacha qanday kasalliklar bilan og‘rib, davolangani yozilgan tibbiy qog‘ozlarni berishini so‘radim. Biroq hali olmadim», deydi Valeryan Vaxitov.

Shuningdek, advokat huquqbon Azimjon Asqarov koronavirusga chalingan yoki yo‘qligini aniqlash testidan o‘tkazilishi haqida so‘ragan. Qamoqxona ma’muriyati esa bu ish ularning zimmasida emasligini, biroq mahbuslar orasida bu dardga chalinganlar yo‘qligini aytgan.

Qirg‘iziston Jazoni ijro etish davlat xizmati esa Azimjon Asqarovning sog‘ligi yaxshi ekani, unga qo‘shimcha dorilar kerak emasligini ma’lum qilgan.

Muassasa matbuot kotibi Samat Qaliqov, Azimjon Asqarovning xastaligi bo‘yicha tarqatilayotgan ma’lumotlar haqiqatan yiroq ekanini, tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini aytadi.

«Asqarov o‘tirgan qamoqxona binosida bir kunda uch mahal mahbuslarning tana harorati tekshirilib, ikki mahal dezinfeksiya ishlari olib borilyapti. Tibbiy yordam, barcha dorilar yetarli. Mahbuslarni xodimlarimiz kuzatuv kameralari orqali nazorat qilib turishadi» - deydi Jazoni ijro etish davlat xizmati vakili.

Azimjon Asqarov O‘sh va Jalolobodda 2010 yilning iyunida yuz bergan qonli voqealarda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan huquqbon.

Uning qamoqda og‘ir xasta ekani ekanini «Farg‘ona» xalqaro axborot agentligi rahbari Daniil Kislov ma’lum qilgan edi.

«Qirg‘izistonda umrbod ozodlikdan mahrum qilingan, qamoqdagi huquq himoyachisi, jurnalist, do‘stimiz va hamkasbimiz Azimjon Asqarov qattiq og‘riyapti, o‘zini yomon his qilyapti. O‘n kundan beri tana harorati yuqori darajada, nafas olishi qiyinlashib, o‘rnidan turmay qo‘ygan. Kasallik tashxisi noma’lum. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti»- degan Daniil Kislov.

Jurnalist Qirg‘iziston rahbariyatidan Azimjon Asqarovni insoniylik yuzasidan zudlik bilan ozod qilishga chaqirgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан