Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki ishlar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi
1.01.2022 17:58,  
578

polkovnik
Saidov Olim Chorikulovich

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O.Saidov IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


polkovnik
Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Berdialiyev IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


podpolkovnik
Azizov Davron Abduganiyevich

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar D.Azizov IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

polkovnik
Orinbayev Amanbay Tleubayevich

IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Orinbayev IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining 1-o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан