Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






IIV YHXB jarima ma’lumotlar bazasi kiberhujumga uchragani aytilgan audioyozuvga munosabat bildirdi
16.11.2021 15:11,  
286

IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YHXB jarima ma’lumotlar bazasi kiberhujumga uchragani aytilgan audioyozuvga munosabat bildirdi.

Audioyozuvda haydovchilarga nisbatan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi oqibatida solingan jarimalar ma’lumotlar bazasiga uyushtirilgan hujum oqibatida o‘chirib yuborilgani ta’kidlagan.

IIV YHXBBning ma’lum qilishicha, ma’lumotlar bazasiga hech qanday hujum bo‘lmagan va barcha ma’lumotlar mavjud.

«Ma’muriy amaliyot bo‘limi va markaziy kompyuterlashtirilgan boshqaruv va aloqa xizmatining bazalari integratsiya qilinayotgani sababli ayrim nosozliklar yuzaga kelmoqda. Fuqarolardan ushbu holatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz», — deyiladi munosabatda.

Idora ayrim norasmiy sahifa egalaridan shu kabi holatlarga oydinlik kiritmasdan, o‘z sahifalarida asossiz izohlamasliklarini so‘ragan.

IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ham o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ushbu audioyozuvga munosabat bildirib, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarning faollari ma’lumotni chiqarishdan oldin tekshirishga chaqirgan.

«Hanuzgacha ba’zi blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarning faollari ‘Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida’gi, ‘Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida’gi va ‘Axborotlashtirish to‘g‘risida’gi qonunlarni buzib, turli tekshirilmagan, noxolis va umuman yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishni davom etmoqdalar. Ijtimoiy tarmoqlarning faollaridan biror-bir ma’lumot yoki murojaat kelib tushganda, avval uni tekshirib, so‘ng axborot sifatida tarqatish shartligini eslatamiz. Shov-shuv ortidan daromad topishni, ochiqlikni ta’minlashdan yuqori qo‘ymang», — deb yozadi IIV rasmiysi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан