Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy tarmoqda reklama qilingan Chirchiqdagi «massaj saloni» aslida fohishaxona bo‘lib chiqdi
11.03.2021 09:25,  
583

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan «zarbdor oyligi» doirasida viloyat IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surushtiruvlarda «Gulnoza» ismli shaxs (Chirchiq shahrida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan G.M.) Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali «massaj salon» e’loni niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga mijoz topib, qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan va tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Tadbir davomida G.M. “fohishalikni kasb qilib olgan” 1993 yilda tug‘ilgan U.N. va 1987 yilda tug‘ilgan A.N. larga jinsiy aloqa qilishlari uchun mijoz topib, buning evaziga 350 ming so‘m, fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs esa mijozdan 800 ming so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida ushlangan shaxslardan 1 mln 150 ming so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surushtiruv ishlari olib borilmoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан