Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy tarmoqlarda “Ikki er, qolgan bolalar va o‘liklarning tirilishi" sarlavhasi ostida xabar e’lon qilindi
25.10.2021 17:07,  
800

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ikki er, qolgan bolalar va o‘liklarning tirilishi. Bizning ro‘yxatga olish idoralarimizdan mo‘’jizalar” sarlavhasi ostida my.gov.uz portalining Oila bo‘limidagi ma’lumotlar noto‘g‘riligi yuzasidan tanqidiy xabar e’lon qilindi.

Murojaatga javoban Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi shuni ma’lum qiladiki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali foydalanuvchisining shaxsiy kabinetidagi Oila bo‘limi ma’lumotlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining axborot tizimi orqali real vaqtda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan olinadi.

Shuni inobatga olib, FHDYo (ZAGS) tizimidagi ma’lumotlar YaIDXPga o‘zgargan holda yoki noto‘g‘ri kelishi mumkin.

Hozirgi vaqtda FHDYo yagona elektron arxiv bazasida foydalanuvchilarning Oila bo‘limida aniqlangan xatoliklarni tuzatish bo‘yicha tegishli texnik ishlar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан