Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi texnik nosozlik ekanligi aytilmoqda
4.11.2021 08:18,  
177

«O‘zkomnazorat» Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, «O‘zbektelekom» AK uskunasida qisqa muddatli texnik nosozlik yuzaga kelishi munosabati bilan ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifatining yomonlashishi va uzilishlar kuzatildi.

«Yuqoridagi tarmoqlar faoliyatiga hech qanday cheklovlar o‘rnatilmaganini ma’lum qilamiz», - deyiladi xabarda.

Lekin, oldinroq bugun bloklangan qator ijtimoiy tarmoqlarning nomi shaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri ro‘yxatida edi.

Xabarda aytilishicha, ushbu tarmoqlardagi uzilishlar texnik uskunalardagi nosozliklar sababli yuzaga kelgan. Hozirda barcha texnik uskunalar nosozliklari bartaraf etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан