Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikki nafar hamyurtimiz Xalqaro taekvondo ITF federatsiyasi tomonidan yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi
27.10.2020 11:52,  
104

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, bosh qarorgohi Avstriyaning Vena shahrida joylashgan ushbu nufuzli sport tashkiloti O‘zbekiston taekvondo ITF Milliy assotsiatsiyasining prezidenti Laziz Hasanovni 7-DAN (master) qora belbog‘ hamda Xalqaro toifadagi instruktor sertifikatlari bilan mukofotladi.

Shuningdek, Xalqaro taekvondo ITF federatsiyasi tomonidan yana bir hamyurtimiz, O‘zbekiston taekvondo ITF Milliy assotsiatsiyasining Buxoro viloyati bo‘limi rahbari Ubayt Mukarramovga 6-DAN qora belbog‘ hamda Xalqaro toifadagi instruktor sertifikati topshirildi.

Sportchi yoki trener Xalqaro taekvondo ITF federatsiyasining 7-DAN darajasini olishi uchun ushbu sport turida kamida 30 yil faoliyat olib borgan bo‘lishi lozim. Laziz Hasanov esa 31 yildirki ushbu sport turini O‘zbekistonda ommalashtirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан