Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OTMda ro‘y bergan mushtlashuvga munosabat bildirildi
14.03.2021 17:17,  
650

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yil 13 mart Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida poytaxtdagi 10 ta xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasasi jamoalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha an’anaviy 16-Talabalar ligasi bo‘lib o‘tgan.

Musobaqada Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti jamoasi o‘zaro bahs olib borgan. O‘yinning ikkinchi taymi tugashiga bir daqiqa qolganda to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketgan va o‘sha vaziyatda ikki futbolchi-talaba tortishib qolgan. Futbolchilarining o‘zaro tortishuviga tribunadagi muxlislar maydonga tushib qo‘shilishgan va oqibatda tortishuv kengaygan. 

Hakamlar tomonidan o‘yin to‘xtatilib, institut xavfsizlik xizmati xodimlari zudlik bilan talabalarni ajratgan va tinchlantirgan. Tortishuvda hech bir talaba tan jarohati olmagan. O‘yinchilar bir-biridan uzr so‘rab, o‘zaro kelishib olgan.

Holat aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi. Turli bahs-munozaralar jarayonida aslida talaba-yoshlar o‘rtasida bo‘lgan o‘zaro tortishuv mohiyatidan uzoqlashib, ommani chalg‘ituvchi noto‘g‘ri talqin, xato ma’lumotlar yuzaga keldi.  

Oliy va o‘rta maxsus vazirligi tomonidan ushbu holat tezkorlik bilan nazoratga olinib, uning kelib chiqish sabablari o‘rganildi, musobaqani o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan rahbar-xodimlar hamda ishtirokchi-talabalarning harakatiga baho berildi. 

Mazkur holatning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan mutasaddilar va talabalarga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi.

Mazkur holat shu kunning o‘zida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri boshchiligida muhokama qilinib, kelgusida bu kabi salbiy holatlar takrorlanmasligi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilab olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан