Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ilon Maskning boyligi bir hafta ichida sezilarli darajada ko‘paydi
7.02.2021 09:32,  
139

Tesla bosh direktori Ilon Mask kompaniya aksiyalarining 7,4 foizga o‘sishi fonida bir hafta ichida 11,5 milliard dollar ishlab topdi. Shu bilan birga, boshqa bir nechta kompaniya rahbarlarining daromati ham ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Forbes yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Google kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Alphabet aksiyalari 14 foizdan oshganidan so‘ng, kompaniya asoschilari Sergey Brin va Larri Peyj ushbu haftada 10 milliard dollardan ishlab topishgan.

Ta’kidlanishicha, cayyoradagi eng boy odam – Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi, Amazon aksiyalari 4,6 foizga o‘sganligi sabab, bir hafta ichida 7,7 milliard dollarga oshgan.

Xabarga ko‘ra, Pinduoduo aksiyalari 18 foizdan oshib, Xitoyning Pinduoduo platformasi asoschisi Kolin Zheng Xuang 10,7 milliard dollar ishlab topgan.

Ma’lumotga ko‘ra, avvalroq Ilon Mask kutilmaganda o‘z kompaniyasining eng qattiq elektromobil tanqidchilaridan biri, texnik maslahatchi Sendi Munroning Tesla elektromobillarining sifati haqidagi tanqidni tan olgan.

Qayd etilishicha, Munro 2018 yil boshida Model 3 bilan avtomobillarni sifatini aniqlash uchun ularni demontaj qilish va qayta tiklash tajribasini o‘tkazib, sifatsizligidan hayratga tushgan.

Shuningdek, Mask birinchi byudjetdagi Tesla’ning qulayligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelganini ta’kidlab, Tesla avtomobillari sotilishining boshida yoki ishlab chiqarish to‘liq quvvati bilan ishlayotganda sotib olish yaxshiroq ekanligini aytan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан