Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Iltimos, fohishalarni yo‘qoting": Toshkent aholisi ichki ishlar vaziriga xat yozdi (FOTO)
20.06.2021 20:14,  
3250

Toshkent shahri Uchtepa tumanining 8 ta dahasida istiqomat qiluvchi aholi ichki ishlar vaziriga ochiq xat bilan chiqdi, deb xabar bermoqda «Daryo». Ular tumanda fohishalar va giyohvandlar to‘planishiga qarshi chora ko‘rishni so‘ramoqda.

«Bir necha yillardan buyon bizning Zargarlik ko‘chamizda, aniqrog‘i Shuhrat do‘koni va ‘Turkistonbank’ qarshisida har kuni kechqurun ijtimoiy mas’uliyati past ayollar to‘planib, shovqin va tartibsizliklar keltirib chiqaradi. Ular yonida avtomobillar qator bo‘lib, hatto ikki qatordan saf tortib to‘xtab, boshqa avtomobillar harakatiga xalaqit beradi, haydovchilar shovqin ko‘tarib, signal chalib, baqirib urishadi», — deyiladi murojaatda.

Xabarda ta’kidlanishicha, bularning barchasi aholining kechki payt dam olishiga xalaqit beradi. Mahalliy aholi tuman hokimligi, Uchtepa tumani IIBga, tuman deputatlariga murojaat qilgan, ammo natija yo‘q, vaziyat o‘zgarishsiz qolgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chada shunchaki sirena chalib yuradigan patrullar ko‘paygan xolos.

«Bundan tashqari, tumanimiz dorixonalarida yoshlar giyohvand moddalar sifatida iste’mol qiladigan taqiqlangan dori-darmonlar (‘Tropikamid’) savdosi rivojlangan. Uylarimiz hovlisida bunday preparat ta’sirida bo‘lgan yigitlar doim to‘planib turadi, bu esa farzandlarimiz uchun xavf tug‘diradi. O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari bo‘lgan qizlar yo‘lda shunday kishilarga duch kelishidan qo‘rqamiz. Bunday kishilar tomonidan qizlarga tegajoqlik qilishga urinish holatlari ham bo‘lgan», — deb ta’kidlangan murojaatda.

Tuman aholisi mahalliy organlarga murojaat qilish befoydaligi sababli IIV rahbaridan chora ko‘rib muammoni hal qilishni so‘ramoqda. Bundan tashqari, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun mahalliy organlarga topshirilmasligini talab qilmoqda, chunki ularga murojaat qilingan bo‘lsa ham, yordam bermagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан