Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Imtihonga kirmagan ayrim talabalar qachon test topshiradi?
21.08.2021 08:49,  
77

DTM xabariga ko‘ra, tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Unda quyidagi toifadagi abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin:

—  test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37 darajadan yuqori ekanligi aniqlangan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar;
—  16 avgustgacha koronavirusga chalinganligi sababli qo‘shimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar.

Qayta tashkil etilgan test sinovlarida ham tana harorati 37 darajadan yuqori ekanligi aniqlangan yoki koronavirusdan to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish hududi sifatida o‘zlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etadi.

Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tegishli ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng 21 avgustdan boshlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан