Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Investorlar avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha 8 ta loyihani taklif etmoqda — Shavkat Mirziyoyev
14.01.2021 11:35,  
897

Qator kompaniyalar O‘zbekiston mashinasozlik sohasiga va mamlakatda avtomobil ishlab chiqarish yo‘lida investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni mashinasozlik tarmog‘ini transformatsiya qilish va sohada raqobatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

«Xususiy investorlar tomonidan bevosita Jizzax, Navoiy, Namangan, Andijon va Toshkent viloyatlarida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha jami 276 million dollarlik sakkizta loyihani amalga oshirish taklifi berilmoqda», — deydi davlat rahbari «O‘zbekiston 24» telekanali syujetida.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Laziz Qudratovning ma’lum qilishicha, Prezident 10 kun ichida sanoat yig‘ishi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlatish vazifasini qo‘ygan.

«Bugungi kunda respublika hududida ishlab chiqarishni yaratishga qiziqish bildirayotgan sakkizta xorij kompaniyasidan taklif bor. Ularning faoliyatini rag‘batlantirish, teng sharoitlarni yaratish maqsadida 10 kun ichida O‘zbekiston hududida avtomashinalarni sanoat yig‘ish to‘g‘risidagi nizom tayyorlanadi va tasdiqlanadi. U avtomobillar ishlab chiqariladigan sharoit iste’molchilar talablariga javob berishga xizmat qiladi», — deydi u.

Qudratovning so‘zlariga ko‘ra, narxlar pasayishiga, avtomobil modellari qatorining kengayishiga, raqobat muhitini yaratilishiga olib keladi va «buning natijasida iste’molchilarimiz foyda qiladi».

«O‘zavtosanoat» raisi Shavkat Umurzoqovning qo‘shimcha qilishicha, sanoat yig‘ishi borasidagi nizom «bozorning barcha ishtirokchilari uchun yagona standartni belgilab beradi».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан