Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi
28.11.2021 20:26,  
54

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 2022 yilda raislik qilish O‘zbekistonga o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi

Eslatb o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammiti ishida ishtirok etib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator aniq takliflarni ilgari surdi.

Tashkilot doirasida muayyan sohani rivojlantirish bo‘yicha har yilga nom berish an’anasini joriy etish tashabbusi bildirilgan. Xabarda aytilishicha, prezident IHTda 2022 yilni O‘zaro uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash yili, deb e’lon qilishni taklif etdi.

Sammit yakunida a’zo mamlakatlarning mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi muhim ustuvor intilishlarini o‘zida mujassam etgan Harakatlar uchun Ashxobod konsensusi imzolandi.

Davlatlar va hukumatlar rahbarlari hamda tashkilot bosh kotibi O‘zbekistonni 2022 yilda IHTga raislikni qabul qilib olgani bilan tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan bildirilgan samimiy tilaklar uchun minnatdorchilik bildirib, uchrashuv ishtirokchilarini O‘zbekistonda o‘tkaziladigan navbatdagi sammitga taklif qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан