Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ispaniya Meksikadan kechirim so‘rashni rad qildi
20.11.2020 11:36,  
192

Armanilar Kavkazda qadim zamonlardan beri yashab kelganligini iddao qilib, o‘zlarini bu tuproqlarning, xususan ozariylar yashayotgan tuproqlarning haqiqiy egasi deb sanashadi. Tarix g‘ildiragini ortga aylantirib bo‘lmaydi. Buni Meksikani bosib olgan ispanlarning kechirim so‘rashni rad qilgani tasdiqlaydi.

Ispan bosqinchi-konkiskadorlar mustamlakaga aylantirilgan yerlardagi tub aholini qirib tashlab, qatliom-genotsid qilgani, qolgan-qutganini esa nasroniy diniga majburlab o‘tkazganini hamma biladi. Kelasi yil Ispaniya Meksikani bosib olganiga 500 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan, Meksika hukumati Ispaniya o‘tmishdagi qilmishlari uchun Meksikadan kechirim so‘rashini talab qilib, Ispaniya qiroliga maktub yo‘llagandi.

Ispaniya tarafi o‘z javobida kechirim so‘ramasligini, aloqalarni o‘tmishga qaramasdan, kelajakka qarab yuritish zarurligini bildirgan.

Ozarbayjondan tortib olingan hududlarda salkam 30 yil yashab, endi do‘ppi tor kelib qolganida uylari va bog‘lariga o‘t qo‘yib, yoqib, qarindoshlarining go‘rini qazib, o‘ligini olib, Armanistonga ko‘chib ketayotganlar buni miyalariga quyib olishsa foydadan holi bo‘lmaydi.

Biz eslatib qo‘ydik. Yanayam, o‘zlari bilishadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан