Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Issiqxonalar o‘rnatish uchun subsidiyalar ajratiladi
19.05.2020 21:56,  
694

“Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4716-son, 18.05.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 20 maydan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:

- aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
• yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;
• sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha;
• urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha;

- qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun - BHMning 10 baravarigacha (bunda, qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан