Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Istanbulda O‘zbekiston yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi – reportaj
20.12.2021 22:51,  
104

Joriy yilning 18 dekabr kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Yildiz Texnik universiteti Kongress markazida O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakilligi tomonidan  «Yangi O‘zbekiston — yangi g‘oyalar!» shiori ostida «O‘zbekiston yoshlari forumi — Turkiya» tadbiri bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida tashkil etilgan mazkur forumda Turkiyaning Anqara, Bartin, Bursa, Izmir, Istanbul, Karabyuk, Konya, Samsun va boshqa shaharlaridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy izlanishlar o‘tkazayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talaba-yoshlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Forumni O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakili, “Shuhrat” medali sohibi, iqtisod fanlari doktori Ergash Jumayev ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini simpozium sho‘’balari bilan tanishtirdi. Xususan, “Uchinchi Renessans” yo‘nalishida doktor Saidbek Boltaboyev va Istanbul Davlat Universiteti doktoranti,  tilshunos Gulnoza Saidova, “Kelajak liderlari” sho‘’basida iqtisodchi, Istanbul universiteti doktoranti Sarvarbek Nazarov, Murodjon Muhammadjonov, New media tarmog‘ida taniqli jurnalist va suxandon, Kastamonu universiteti magistranti Abdukarim Mirzayev hamda “Yosh ijodkorlar” sho‘’basida jurnalist, tarjimon va shoir, Istanbul universiteti doktoranti Otabek Tillayev boshchiligida yoshlar o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazishlarini ma’lum qildi.

Forum doirasida Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar va O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev o‘rtasida onlayn jonli muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar o‘qish, malaka oshirish va Turkiyaning ilg‘or yutuqlarini O‘zbekistonda joriy etish kabi masalalar yuzasidan taklif va mulohalarini ilgari surdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Forum davomida Istanbul Bosh konsuli Amirsaid Agzamxo‘jayev va Bosh konsulxona vakillari, Turkiya Madaniyat vazirligining Chet eldagi turklar va qardosh jamiyatlar Boshqarmasi Istanbul koordinatori Emre Oruch, Turkiy davlatlar tashkiloti vakili Bobur Tagayev so‘zga chiqishdi. Yoshlar bilan suhbat davomida Turkiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi borasida atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar, kelgusida barcha o‘zbekistonlik talabalarning bazasini shakllantirish, ularning tahsil olayotgan sohalari bo‘yicha guruhlarga ajratib, ana shu yo‘nalishdagi kompaniya va shirkatlarda malaka oshirishlari, qolaversa, O‘zbekistondan keladigan tegishli idora va tashkilotlar bilan bevosita bog‘lab qo‘yish taklifini ilgari surishdi.

Forum so‘ngida har bir sho‘’ba bo‘yicha beshtadan loyiha mualliflari g‘olib deb topildi va taqdirlandi. Shuningdek, spikerlar, faol yoshlar, moderatorlar hamda viktorina va tanlovlar g‘oliblar, ijtimoiy tarmoqlarda forum bo‘yicha eng yaxshi chiqishlar qilgan ishtirokchilarga homiylarning qimmatbaho sovg‘alari tortiq qilindi. Bundan tashqari, Turkiyadagi yilning eng yaxshi yetakchisi, eng yaxshi blogeri, eng yaxshi inflyuenseri, eng yaxshi yosh volontyori kabi nominatsiyalar g‘oliblariga ham va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining maxsus sovg‘alari topshirildi.

Forum so‘ngida O‘zbekistondan tashrif buyurgan baxshi Baxtiyor Ortiqov, iste’dodli opera xonandasi Aqilbek Piyazov va yosh iste’dod egasi, Istanbul universiteti talabasi Jamshidbek Xorazmiy ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi.

Forum ishtirokchilarining kiritgan loyihalar o‘rganilib, saralanadi hamda yoshlarga doir qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston hukumati qarori uchun taklif sifatida taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан