Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Istanbuldan Farg‘onaga uchib kelgan fuqaro insultdan vafot etdi
25.03.2020 11:55,  
489

Shu yilning 25 mart kuni charter reysi bilan Istanbuldan Farg‘onaga uchgan 63 yoshlik nogironligi mavjud fuqaro F.ning ahvoli samolyotda og‘irlashgan. Unda yurak yetishmovchiligi, oyoq va qo‘llarida harakatsizlik kuzatilgan. Bu haqda xabar olingach, Farg‘ona shahar halqaro aeroportiga maxsus jihozlangan reanimobil tez tibbiy yordam  mashinasi o‘z vaqtida yetib kelgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Shundan so‘ng bemorga zudlik bilan reanimatsion muolajalar ko‘rsatilgan. Mashina ichida unga yurak, nafas tizimini yaxshilash uchun muolajalar bajarilib, defibrilyasiya amaliyoti tezkorlik bilan o‘tkazilgan. Standartlar bo‘yicha o‘tkazilgan muolajalarga qaramasdan, bemor vafot etgan.

Unga bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан