Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon banki O‘zbekistonga shaharlarni rivojlantirish uchun $100 mln qarz beradi
14.06.2021 10:20,  
214

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi shaharlarda “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida munitsipal xizmatlari va infratuzilmani yaxshilash uchun Jahon banki direktorlar kengashi tomonidan 100 mln AQSh dollari ajratish tasdiqlandi. Bu haqda ’UzNews.uz’ma’lum qildi.

Ushbu pullar O‘zbekistonga juda past foizda va 30 yilgacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kredit shaklida berilmoqda.

Qayd etilishicha, loyihada ishtirok etadigan shaharlarning yakuniy ro‘yxati viloyat va shahar hokimliklari bilan maslahatlashuvlar tugaganidan so‘ng 6 oy ichida tasdiqlanishi rejalashtirilgan. 

Loyihada suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish va kengaytirish, elektr infratuzilmasi va ko‘chalarni yoritish, avtomobil yo‘llari, piyodalar va jamoat transporti zonalarini modernizatsiya qilish, jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish, jamoat joylarini, bog‘larni, ko‘chalarni va ularning tegishli infratuzilmasini rekonstruksiya qilish, tegishli aholi punktlari hududida madaniy meros ob’yektlarini saqlab qolish bo‘yicha restavratsiya ishlari olib boriladi.

Taxminan 4 mln odam yoki har ikkala viloyatdagi umumiy aholining taxminan 70 foizi uchun takomillashtirilgan shahar infratuzilmasi va munitsipal xizmatlar, shuningdek yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyiha tadbirlari natijasida ishga joylashish imkoniyatlarining kengayishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita foyda keltirishi kutilmoqda.

“Ko‘pgina mamlakatlar urbanizatsiya jarayonidan taraqqiyot drayveri sifatida samarali foydalanganlar. Buni Xitoy, Janubiy Koreya va Tailand misollarida ko‘rish mumkin. O‘zbekiston shahar infratuzilmasi va munitsipal xizmat ko‘rsatish sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishi hamda jamoat joylarini modernizatsiya qilishi kerak. Ushbu chora-tadbirlar shaharlarni yashash uchun yanada jozibador va iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishiga yordam beradi”, - deya ta’kidladi Marko Mantovanelli. "Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. “Mamlakatning o‘rta shaharlari tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda va xizmat ko‘rsatish sohasida yoshlarga ish o‘rinlari yaratish salohiyatiga ega. Infratuzilma hamda viloyat va shahar hokimliklarining shahar xo‘jaligi va munitsipal xizmatlarni samarali boshqarish bo‘yicha salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar shaharlarni yashash, ishlash va biznes qilish uchun qulay joylarga aylantirishga yordam beradi. Ushbu muhim maqsadga erishishda hukumatni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz!”

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан