Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Kelasi yili blogerlar va jurnalistlar uchun maxsus erkin ish joyi tayyorlamoqchimiz»
18.11.2020 10:34,  
73

Mirzo Ulug‘bek tumani yoshlar yetakchisining hududdagi markazlardan birini ta’mirlash va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydigan, turli loyihalar muhokama qilinadigan maskangan aylantirish yuzasidan so‘ragan yordami qanoatlantirilishini bildirgan hokim yaqin yillarda poytaxtda jurnalist va blogerlar uchun kovorking markazi qurib bermoqchi ekanini aytib o‘tgan.

«Nafaqat yoshlar, kelasi yili blogerlar va jurnalistlar uchun maxsus erkin ish joyi tayyorlamoqchimiz. Kovorking markazida ularning kelib ishlashi uchun barcha sharoitlar, kompyuter va uzluksiz ishlovchi internet tarmog‘i mavjud bo‘ladi», — deydi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining qayd etishicha, tadbirda talabalar, o‘z o‘zini band qilgan yoxud ish izlayotgan yoshlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlagan, o‘z biznes startapini yurgizish niyatidagi yigit-qizlar ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2019 yil 29 iyun kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda poytaxtda Media City qurishni taklif qilgandi.

«Dubayda shunday joy bor. Bizda ham jurnalistlar, tahririyatlar, saytlar uchun alohida shaharcha bo‘lishini xohlayman», — degan Toshkent shahar hokimi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан