Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahongir Ortiqxo‘jayev prezidentga yangi kompaniya tashkil qilish taklifini berdi
28.05.2021 19:49,  
520

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davom etayotgan videoselektor yig‘ilishida ko‘p-qavatli uy-joylarning qurilishi bilan ularga xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyojning ortayotgani, lekin bu savolga hamma ham birdek javob berolmayotgani tanqid qilindi, deya xabar bermoqda “Darakchi”.

Yig‘ilishda ko‘p-qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish shirkatlarini tashkil qilish orqali Yunusobod tumanida kuzatilgan ijobiy natijlar haqida ham ma’lumotlar berildi. Misol uchun tumanda 269 ta shirkatni (1 mingta ko‘p qavatli uy) 12 ta boshqaruv-servis kompaniyalariga biriktirish hisobiga:

  • avariya holatlari 60 foizga;
  • muddati o‘tgan qarzdorlik 25 foizga qisqargan;
  • 1,4 milliard so‘m bank krediti qaytarilgan.

Ushbu tumanda 110 ta ko‘p qavatli uy-joyga 25 ta shirkat (194 ta ishchi) qilgan ishlarni, bugungi kunda 54 ta ishchisi bo‘lgan 1 ta boshqaruv kompaniyasi amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, boshqaruv kompaniyasi qo‘shimcha 9 ta maktab va bog‘cha hamda 50 ta tadbirkorlik sub’yektlarini qamrab olgan.

Shirkatlarda uy-joylarni saqlash tarifining 35 foizi ish haqiga ketgan bo‘lsa, boshqaruv kompaniyasi ishchilariga oylikni 2 baravarga oshirganda ham, bu ko‘rsatkich 7-8 foizni tashkil qilmoqda (o‘tgan yilda ish haqidan 324 million so‘m iqtisod qilgan).

Shu bois, mas’ullarga ikki oy muddatda tajriba tariqasida Nukus (56 ta uy), Andijon (134 ta), Buxoro (45 ta), Jizzax (54 ta), Qarshi (54 ta), Navoiy (101 ta), Namangan (103 ta), Samarqand (47 ta), Termiz (109 ta), Guliston (85 ta), Urganch (60 ta) Farg‘ona (90 ta), Chirchiq (74 ta) va Angren (92 ta) shaharlarida boshqaruv-servis kompaniyasini aniqlab, ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatishni ularga berish topshirig‘i berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 50 nafar ishchi-mutaxassilariga ega ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi yangi boshqaruv kompaniyasi – klasterini tashkil qilish taklifini berdi. Bu kompaniyaga xorijiy mutaxassilar jalb qilinadi va davlat unitar korxonasi tashkil qilinadi.

Yig‘ilishda keltirilishicha, qurilgan 3 mingta ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmagan.

Jumladan, Toshkent viloyatida – 623 ta, Buxoroda – 621 ta, Xorazmda – 249 ta, Surxondaryoda – 195 ta va Namanganda – 170 ta ko‘p qavatli uylarga boshqaruvchilar biriktirilmagan.

Shuning uchun, bir oy muddatda quruvchi tashkilot yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni, boshqaruv kompaniyasi tashkil qilgan holda, ikki yil davomida saqlashni o‘z zimmasiga olishini nazarda tutuvchi tizim yaratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан