Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahongir Ortiqxo‘jayev: Toshkentda iqtidorli o‘quvchilar uchun “Hokim stipendiyasi” tashkil etiladi
20.01.2021 13:26,  
103

Toshkentda o‘quvchilar uchun tashkil etiladigan “Hokim stipendiyasi” har oyda bir marotaba beriladi. Bu haqda 19-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev aytib o‘tdi-deya yozmoqda "Daryo.uz"

Sessiya ishida ma’ruza qilgan Jahongir Ortiqxo‘jayevning ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish maqsadida “Hokim stipendiyasi” joriy etiladi.
“Har bir maktabda yaxshi o‘qigan iqtidorli o‘quvchilarga har oyda ‘Hokim stipendiyasi’ joriy etiladi. O‘quvchilar har oyda xuddi talabalar kabi stipendiya oladi. Bu ham kelajakda yoshlarimizni yaxshi o‘qishga yo‘naltiradi”, — dedi hokim.

Poytaxt hokimi stipendiya qay tartibda va qancha miqdorda berilishiga aniqlik kiritmagan.

Ma’lum qilinishicha, xalq ta’limi tizimida 2021-yilda uchta yangi maktab, shuningdek, bugungi kunda faoliyat yuritayotgan 10 ta umumta’lim maktabining hududlarida qo‘shimcha yangi o‘quv binolari hamda Sergeli tumanida joylashgan 322-sonli umumta’lim maktabi hududida bolalar kutubxonasi quriladi.
Uchta umumta’lim maktabi va Shayxontohur tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabini mukammal ta’mirlash-jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

Har bir tumanda tuman hokimlari tomonidan ta’mirga muhtoj bittadan umumta’lim maktablari ta’mirlanib, jihozlanadi. Shuningdek, har bir tumanda tuman hokimlari tomonidan bittadan davlat sherikchiligi asosida yangi maktablar qurish tashkil etiladi.

Shuningdek, 14 ta ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi tashkil etiladi. Jumladan, 4 ta matematika, 2 ta kimyo-biologiya, 5 ta informatika va axborot-texnologiyalari, bitta sport yo‘nalishi — futbol, bitta kino san’atiga, 80-sonli umumta’lim maktabi notiqlik san’atiga chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan davlat umumta’lim zamonaviy maktabi namunaviy loyihalar asosida tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан