Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishga bo‘lgan cheklov bekor qilindi
6.07.2021 17:36,  
608

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–699-son, 05.07.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 Bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo‘lib, diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati o‘zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.

Qonun bilan fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmasligiga oid cheklov bekor qilindi.

Diniy tashkilot O‘zbekistonning 18 yoshga to‘lgan va 50 nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuziladi. Ilgari 100 nafar edi.

Shuningdek, qonun bilan diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish hamda ularning faoliyatini to‘xatib turish asoslari belgilandi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан