Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Janubiy Koreyada koronavirusga qarshi emlangan bemorlar orasida o‘lim qayd etildi
22.06.2021 18:13,  
219

Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 ga qarshi vaksina qabul qilgan kishi trombotsitopeniya tufayli vafot etganini rasman tan oldi. Marhumning AstraZeneca preparati bilan emlangani aytilmoqda.

Emlash bilan bog‘liq zararli holatlarni tekshirish bo‘yicha guruh rahbari Pak Yon Chjunning ma’lum qilishicha, 30 yoshli erkak chorshanba kuni vafot etgan. Unda trombotsitopenii sindromi (TTS) bilan bog‘liq tromboz qayd etilgan. U 27 mayda emlangan, oradan o‘n kun o‘tgach bemorda kuchli bosh og‘rig‘i va qayd qilish kuzatilgan.

Bu Janubiy Koreya hukumati rasman tan olgan vaksina bilan bog‘liq ilk o‘lim hodisasi ekani aytilmoqda. Hozirgacha mamlakat sog‘liqni saqlash organi 224 kishining o‘limini qayd etgan. Ularning barchasi COVID-19 ga qarshi olgan vaksina bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, ulardan 13 tasi qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tishi lozim, deyiladi xabarda.

Janubiy Koreya hozirgacha aholining qariyb 7,9 foizini emlab bo‘lgan. Mamlakatda AstraZeneca, Pfizer va Janssen vaksinalari qo‘llanilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан