Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Jasliq” uzoq yillar O‘zbekiston uchun dog‘ bo‘lib kelgan” – Ombudsman
6.01.2021 09:23,  
424

Oliy Majlisnig Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyev 2020-yilning 29-dekabr kuni Kongress xollda o‘tkazilgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasiga bag‘ishlangan tadbirdan so‘ng “Daryo”ga qisqa intervyu berdi.
Ulug‘bek Muhammadiyevning ta’kidlashicha, bir paytlar jazoni ijro etish tizimida inson huquqlarini himoya qilish masalasi yopiq mavzu hisoblangan.

“Oxirgi yillarda O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan atrofdagi mamlakatlar, hatto, ayrim rivojlangan davlatlarga ham ko‘plab o‘rnak bo‘ladigan holatlari bilan o‘zini namoyon etmoqda. Shuning uchun ham biz Yangi O‘zbekiston, deb atayapmiz. Bu o‘zgarishlarni fuqarolar huquqlarini hamma sohada himoya qilinayotganida ko‘rish mumkin. Hattoki, jazoni ijro etish tizimida ham inson huquqlari himoya qilinmoqda. Mazkur masala oldin juda yopiq mavzu bo‘lgan, buni barchamiz yaxshi bilamiz. Davlatimiz rahbari bugungi Murojaatnomasida aynan shu masalaga ham yana bir e’tibor qaratdi. Misol uchun, 2021-yildan 25 ta manzil-koloniyaning bosqichma-bosqich yopilishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu juda ham katta narsa. Agar buning mohiyatiga qaraydigan bo‘lsak, ikki yil oldin eng mashhur jazoni ijro etish muassasalaridan biri hisoblangan “Jasliq” yopilganida xalqaro jamoatchilik qanday munosabat bildirgani hammaga ma’lum. “Jasliq” uzoq yillar mamlakatga dog‘ bo‘lib kelayotgan bir maskan edi, odamlar o‘rtasida yomonotliq nomga aylangandi”, dedi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан