Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jasur Umirov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi
2.02.2021 21:29,  
611

Xonanda Jasur Umirov nomusga tegishda aybdor deb topilib, 5 yilga qamaldi. Yana ikki sudlanuvchi 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Bugun, 2 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi xonanda Jasur Umirov va uning ikki nafar tanishi ustidan hukm chiqardi.

Oliy sud axborot xizmati xabariga ko‘ra, sud hukmi bilan:

  • Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;
  • A.Z. va Sh.Q. esa Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 2-qismi bilan aybli deb topilib, ularga JKning 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida uzil-kesil 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, tergov organi Jasur Umirovga JKning 118-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblov e’lon qilgan edi. Bu band nomusiga tegilgan shaxsning 18 yoshga to‘lmagani aybdorga ayon bo‘lgan holni nazarda tutadi va og‘irroq sanksiyani (10 yildan 15 yilgacha qamoq) keltirib chiqaradi. Prokuror suddan Umirovni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan, ammo sud ayblanuvchini shu moddaning 1-qismi bilan aybdor deb topgan.

Shuningdek, prokuror A.Z. va Sh.Qlar uchun 3 yil 8 oy muddat berilishini so‘ragan.

Sudlanuvchilar, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili hukm nusxasini olgan vaqtdan boshlab 20 sutka ichida Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasi sudlov hay’atiga apellyasiya tartibida shikoyat qilishga va protest keltirishga haqli.

Sud JPKning 19-moddasi 1-qismiga binoan yopiq tarzda bo‘lib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан