Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jeff Bezos Amazon bosh direktori lavozimidan ketadi
3.02.2021 09:29,  
143

AQShning Amazon kompaniyasi asoschisi, dunyoning eng badavlat odami Jeff Bezos 2021 yilda kompaniya bosh direktori lavozimidan ketadi va direktorlar kengashi ijrochi raisi lavozimini egallaydi. 

“Kompaniya asoschisi va bosh direktor Jeff Bezos 2021 yilning 3-choragida ijrochi rais lavozimiga o‘tadi, uning o‘rnini Endi Jessi egallaydi”, deb ma’lum qilgan kompaniya matbuot xizmati. 

“Men hech qachon hozirdagidek kuchga to‘lib-toshmaganman va ishdan ketishim haqida gap-so‘z bo‘lishi ham mumkin emas. Men ijrochi rais sifatida qolib, Amazon’ning muhim tashabbuslarida ishtirokimni davom ettiraman. Menda Day 1 Fund, Bezos Earth Fund, Blue Origin va boshqa qiziqarli loyihalarni rivojlantirish uchun ko‘proq vaqt paydo bo‘ladi”, deb aytgan Bezos. 

Bezosning fikricha, kompaniyaning yaxshi moliyaviy ko‘rsatkichlari va barqaror holati unga o‘z lavozimini o‘zgartirishiga imkon beradi. “Hozirda Amazon innovatsiyalarning eng yuqori bosqichida turganini ko‘rmoqdaman va buning evaziga bunday o‘zgartirishni amalga oshirish vaqti keldi”, deb qo‘shimcha qilgan milliarder.

Bezos o‘rnini egallaydigan Endi Jessi ayni vaqtda kompaniyaning Amazon Web Services xizmatiga rahbarlik qiladi.

Kompaniya taqdim qilgan hisobotga ko‘ra, u 2020 yil 4-choragida 125,6 mlrd dollar tushum olgan. Kompaniyaning choraklik tushumi ilk bor 100 mlrd dollardan oshgan va 2019 yil 4-choragiga nisbatan 44 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. 

Amazon’ning 2020 yil bo‘yicha jami tushumi 2019 yilga nisbatan 38 foizga o‘sib, 386,1 mlrd dollarni tashkil qilgan. 4-chorakdagi daromad 7,2 mlrd dollarni, yil bo‘yicha esa 21,3 mlrd dollarni tashkil qilgan.    

Forbes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Bezos ayni vaqtda 196,2 mlrd dollar bilan dunyoning eng boy odami sanaladi. Unga Amazon’ning 11,1 foiz aksiyasi tegishli. Bundan tashqari, Bezos Blue Origin aerokoinot kompaniyasiga asos solgan va AQShning eng nufuzli nashrlaridan biri The Washington Post egasi sanaladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан