Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Jenoa" muxlislari Shomurodovni "Yuventus"ga qarshi maydonga tushmaganidan g‘azabda
15.01.2021 11:44,  
926

Italiya kubogining nimchorak final uchrashuvida “Yuventus” o‘z maydonida “Jenoa”ni qabul qilib, asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Gʻolibni aniqlash uchun berilgan qo‘shimcha vaqtda esa, turinliklar g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu uchrashuvda genuyaliklar bosh murabbiyi Davide Ballardini jamoaning asosiy quroliga aylangan Eldor Shomurodov va Mattia Destro hujum tandemidan foydalanmaslikni ma’qul topdi. Muxlislar tomonidan “Jenoa”ning xaloskori sifatida maqtalayotgan Ballardini bu qarori bilan ularning keskin tanqidiga duchyor bo‘ldi.

Jamoa “Yuventus” singari qudratli klub bilan tengma-teng o‘ynaganiga qaramay, genuyalik futbol ishqibozlari Shomurodov va Destroni maydonga tushirmagani uchun bosh murabbiyni tarkib tanlashda xato qilganlikda ayblab, mag‘lubiyatga bosh sababchi sifatida munosabat bildirmoqda.

“Yuventus” ustidan g‘alaba qozonilishini kutgan muxlislarning o‘yindan keyingi fikr-mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Fabio Corellino:
Ballardini Shomurodov va Destrodan nega foydalanmaganini hali ham tushunib yetganim yo‘q. Chempionlarga qarshi kurashda eng zo‘r futbolchilar o‘ynashi kerak!

Simone Ferrero:
Balki “Yuventus” rahbariyati transfer bahona “Jenoa”dan bu o‘yinda Shomurodovni maydonga tushirmaslikni so‘ragandir. Yo‘qsa, Ballardini uni o‘ynatmagani umuman tushunarsiz holat.

Anna Lazzari:
Ballardini o‘yinni oxirida atayin imkoniyatni boy bergandek tuyuldi. U kubok uchun kurashga kuch sarflamasdan, bor e’tiborini A Seriya o‘yinlariga qaratganga o‘xshaydi. Bo‘lmasa, nega u zaxirada zo‘r hujumchilari bo‘la turib, ularni jangga tashlamadi?

Simone Lucarelli:
Ballardinining qarori g‘alati bo‘ldi. Shomurodov, Destro va bir necha kuchli o‘yinchilar zaxirada qolib ketdi. Lekin murabbiy nimalarnidir kutib, vaqt o‘tkazdi. “Yuventus” beshta o‘yinchini almashtirganida ham, biz zaxiradan foydalanishni cho‘zdik. Ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirganimizda, o‘tkir hujumchilarni maydonga tashlab, g‘alaba qozonish mumkin edi.

Andrea Zanello:
Moratani maydonda nimalar qilganini ko‘rib, “Yuventus”da Shomurodov va Skamakkaga ehtiyoj yo‘qligiga ishondim.

Roberto Baldini:
Ballardinining xatosi bizni chorak finaldan ayirdi. Kuchli hujumchilarni o‘yinga tushiradigan pallada u o‘yinchi almashtirmadi. Qo‘shimcha taymda Shomurodov yoki Destroni emas, Malesni o‘ynatdi. Nega bunday qildi? Chempionlarga qarshi mavsumda bir daqiqa o‘ynamagan futbolchini tushirish mumkinmi?

Luciano Gualdi:
Bir tomondan Ballardinini to‘g‘ri tushunaman, u asosiy hujumchilarni A Seriya o‘yinlari uchun asragan. Lekin “Yuventus”ni mag‘lub etish imkoni tug‘ilganida hujumga Shomurodov va Destroni chiqarishi kerak edi.    

Andrea Siciliano:
Zaxirada  Shomurodov, Destro, Zays kabi kuchli futbolchilarni olib qolib, qo‘shimcha daqiqalarda Malesni o‘yinga qo‘shish ahmoqlik!

“Jenoa” navbatdagi uchrashuvini A Seriya doirasida 17 yanvar kuni o‘tkazadi. Shu kuni genuyaliklar 18-tur bahsida “Atalanta” mehmoni bo‘ladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi"- deb xabar bermoqda "Sport.uz"

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан