Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Jenoa” Shomurodov o‘rniga Kokorinni oladi! Endi nima bo‘ladi?
3.04.2021 09:19,  
2179

“Rostov”dan o‘tgan yozda “Jenoa”ga taklif qilingan Eldor Shomurodov  murakkab chempionatga tez moslashib ketdi. Genuyaliklar hamyurtimizni o‘z safiga qo‘shib olish orqali Rossiya va O‘zbekistonda ham ko‘p ming sonli muxlislar auditoriyasiga ega bo‘ldi — deya yozmoqda ’Sport.uz’.

Umuman olganda, keyingi paytda Italiya klublarining Rossiya va Ukraina futbolidan o‘yinchisi olishi o‘ziga xos an’anaga aylanib bormoqda. Rossiya futbolida turli mojarolar va muammolarga o‘ralashib, o‘z iqtidorini boy berish arafasida turgan Aleksandr Kokorin ham yaqinda “Fiorentina”ga o‘tib, o‘zi orzu qilgan so‘nggi imkoniyatni qo‘lga kiritgandi.

“Futbolnoye obrazovaniye” blogi Rossiya futbolidan Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tgan bu ikki  futbolchiga oid transfer xabariga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Jenoa” Jldor Shomurodov o‘oniga Aleksandr Kokorinni olishni rejalashtirayotgan ekan. Italiya matbuotidan olingani iddao qilinayotgan bu xabarning rasmiy tasdig‘i topilishiga hali ancha erta bo‘lsa-da, xalqimizda “shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi”, degan gap bor. Nima bo‘lgan taqdirda ham Shomurodov “Jenoa”da uzoq qolish uchun kelmagani aniq.

160217044_4384410511569835_3595636089533338654_o

O‘z navbatida, “Fiorentina” ham yangi olingan Kokorindan tezroq qutilish harakatiga tushib qolgan. Chunki bu transfer kutilgan foydani bermadi. Kokoringa jarohatlar pand bera boshladi, italiyalik mutaxassislar ham bu borada yechim topa olganicha yo‘q. Rossiyalik futbolchi Italiyaga ko‘chib o‘tganidan beri atigi uchta uchrashuvda maydonga tushdi xolos.

Mutaxassislarning yozishicha, haqiqatga yaqin variant sifatida Kokorinning Rossiya premer-ligasiga qaytishi ko‘rsatilmoqda. Lekin “Jenoa” Eldor Shomurodovga boshqa klubdan manfaatli taklif bo‘lsa, o‘rniga Aleksandr Kokorinni taklif qilish rejasi borligi haqida ham xabarlar ko‘zga tashlanmoqda.

“Jenoa” prezidenti jamoa A Seriyada qolish uchun kurashayotgani bois qishda Eldorga bo‘lgan har qanday taklifni rad etishini rasman ma’lum qilgandi. O‘zbek legioneriga qiziqayotganlar orasida “Yuventus” ham borligi hammamizga ma’lum. “Jenoa” vazifani uddaladi va bu mavsum quyi ligaga tushib ketish xavfidan qutildi. Genuyaliklar o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda, mavsum davomida o‘zini ko‘rsatgan futbolchilarini talabgorlarga sotib yuborib, daromad olish usulini tark etgani yo‘q. Ma’lumki, “Jenoa” italiyaliklardan tashqari, turli mamlakatlardan olib kelingan futbolchilarni Yevropa futboliga tanitib, keyin qudratli klublarga transfer qilib yuborgan. Xususan, Edinson Kavani, Marko Barello, Alberto Jilardino, Tiagu Motta, Ernan Krespo, Esekel Lavessi, Kshishtof Pyontek kabi futbolchilar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, Shomurodov “Jenoa”ga darajasi A Seriyadan past bo‘lgan chempionatdan kelgan futbolchilar ham yuqori saviyada o‘ynash olishini isbotlab qo‘ygani genuyaliklarda Kokoringa ishonch uyg‘otgani aytilmoqda. Chunki, rus futbolchisi ham jarohatlar qiynamasa, risoladagidek hujumchiga aylanadi.

Mutaxassislar Shomurodovning “Jenoa”da A Seriyada uchta gol urib, uchta golli pas oshirgani, to‘qqizta golli vaziyatda ishtirok etgani debyut mavsum uchun ijobiy ko‘rsatkich ekanini ta’kidlamoqda. Ayniqsa, Eldor bu natijani kuchli bo‘lmagan jamoada amalga oshirgani uning harakatlari qiymatini ko‘taradi.

Xulosa qilib aytganda, Eldor Shomurodov mehnatkashligi, kurashuvchanligi, maqsad sari intilishi, harakatdan to‘xtamasligi, eng muhimi esa, kamtar xarakteri bilan har qanday chempionat va klubda o‘z o‘rnini topa oladi. Zero, “Jenoa” hamyurtimiz uchun faoliyatidagi tramplin xolos.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан