Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Jinnilik qilib qo‘ydik». Toshkentda Matiz yo‘lovchisini salondan tashqariga chiqarib harakatlandi
25.04.2022 09:30,  
125

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida Matiz avtomobili yo‘lovchisini salondan tashqariga chiqarib harakatlangani aks etgan videolavha tarqaldi. Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videodagi tasvirlar Yunusobod tumani Qizil dehqon ko‘chasi atrofida sodir bo‘lgan. Ikki fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lmagan Matiz avtomashinasida xavfli holat sodir etib, buni videoga olgan va ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, ichki ishlar organiga chaqirtirilgan.

«Tiktok’ka kecha video chiqarganmiz, xavfli holat yaratganmiz bolalar bilan. Bu voqeaga ikki yildan oshiq vaqt o‘tgandi. O‘rtoqlarim bilan jinnilik qilib qo‘yganmiz.

Qilgan ishimizdan afsusdaman. Boshqa qaytarilmasligiga va’da beraman», — degan huquqbuzarlardan biri.

Holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan va profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан