Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasul Kusherbayev: "Jiyanim ochiq chuqurchasiga tushib ketib, iflos suvdan vafot etgan"
14.04.2021 21:28,  
452

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi suv inshootidagi muammolar haqida o‘z fikrlarini oilasida yuz bergan fojiaviy hodisa haqida aytib berdi:

Ushbu suv tozalash inshoati Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan. Ko‘p yillardan beri ishlamaydi.

Yangiyo‘l shahridagi kanalizatsiya tarmoqlaridan keladigan iflos suv, tozalanmay to‘g‘ri toza ariqqa tushirib yuboriladi. Ishlamay turgan ushbu inshoat shu atrofda yashaydigan ko‘plab odamlarning dardi va fojeasi. Ko‘p achchiq xotiralar sababchisi: iflos havo, iflos suv, g‘uj g‘uj chivin-u pashshalar makoni... Xatto o‘spirin yoshdagi o‘z jiyanim inshoatning qarovsiz ochiq chuqurchasiga bexos tushib ketib  iflos suvdan vafot etgan...  

2019 yili Bosh vazir A.Aripovga  kirib iltimos qilganimdan so‘ng, inshoatni ta’mirlash ishlari boshlangandi.  

Biroq hursandligimiz ko‘pga cho‘zilmadi. Hisob palatasining tushunarsiz talabi bilan ishlar to‘xtatildi, Qurilish vaziri va Uy joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining xoxishi sabab esa ishlar cho‘zilib, mana uchinchi yildirki ob’yekt o‘zgarishsiz yotibdi.  

Odamlarda esa ishonch yo‘qolayapti: bular va’dasini bajaradimi o‘zi?  

Mas’ullarga ishonib, odamlarni ishontirgan bizda esa ko‘zlariga qarashga bet yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан