Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Jizzax viloyati hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari bizning siyosatimizga xiyonat qilgan» — Shavkat Mirziyoyev
16.01.2021 00:39,  
1731

Prezident Jizzax viloyati hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosariga chora ko‘rishni talab qildi. Avvalroq bu amaldorning qarindoshlari qurilishlar bo‘yicha bir necha yuz milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni Yunusobod tumani faollari bilan uchrashuv chog‘ida qator muammolarga, jumladan, Jizzaxda qulab tushgan uy masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Meni maqtayversalaring, hech narsa o‘zgarmaydi, qarsak bilan umrimiz o‘taveradi. Xalqni rozi qilishni o‘ylash kerak. Shunday qilaylikki, farzandlarimiz, nabiralarimiz bizdan rozi bo‘lsin.

Davlat idoralariga talab bundan ham qattiq bo‘ladi. Mana, men yaqinda ikki vazirni ishdan oldim. Yana qator vazirlar, vazir o‘rinbosarlari qattiq ogohlantirish oldi. Nimaga desangiz, aravani tortish kerak, bo‘lmasa ketish kerak.

Jizzaxdagi uy qurilishiga yo‘l qo‘yganlar qonun oldida javob berishlari kerak. Bu masala albatta nazoratda bo‘lishi kerak», – dedi davlat rahbari.

Prezidentning ta’kidicha, Jizzax viloyati hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari hozirgi siyosatga xiyonat qilgan.

«Uning butun to‘dasiga qonuniy jazo ko‘rish kerak. Sholi kurmaksiz bo‘lmaganidek, baribir eski zamonni qo‘msagan noinsoflar ham bor. Ular erkinlik, ochiqlik siyosatini tushunmaydi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq, jamoatchilik surishtiruvida ma’lum bo‘lgandiki, Jizzax viloyati hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Akram Rahmonqulovning qarindoshlari ijtimoiy va boshqa soha ob’yektlarini qurish bo‘yicha bir necha yuz milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan. Akram Rahmonqulov qarindoshlari yutgan tenderlarda komissiya rahbari sifatida qatnashgan.

  • 10 yanvar kuni Jizzax shahridagi Zilol mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangi qurilayotgan, 6 qavatdan iborat ko‘p qavatli uy quladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан