Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxdagi qulab tushgan bino bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
10.01.2021 20:02,  
1156

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli binolardan biri qulab tushgani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi taqdim etgan dastlabki voqea tafsilotlariga ko‘ra, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘qligiga qaramasdan, qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilingan edi. FVV qo‘shimcha bergan ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shni bino hududiga o‘rnatilgan videokuzatuv kamerasining yozuvlari o‘rganilgan. Unda 6 qavatli bino konstruksiyasining bir qismi qulab tushganda, bino yaqinida yoki ichida hech kim bo‘lmaganligi aniqlangan. Ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligi ostida hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.            Qayd etish joizki, ushbu uyning  qurilish ishlari 2020 yil mart oyida boshlangan bo‘lib, dekabr oyida vaqtinchalik tugatilgan. Binoning qulash sabablarini aniqlash borasida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан