Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jo Bayden Tramp yopgan darvozalarni ochmoqchi
21.01.2021 10:02,  
453

Bugun AQSH prezidenti lavozimiga kirishadigan Jo Bayden inaugurasiyadan so‘ng darhol Donald Trampning migrasiya siyosatini yumshatish uchun bir qator hujjatlarni imzolamoqchi. Bu haqda prezidentning o‘tish davri jamoasi saytida ma’lum qilingan.

Xususan, Bayden Tramp tomonidan bir qator arab va Afrika mamlakatlari vakillarining AQSHga kirishiga qo‘ygan cheklovlarni bekor qiladi, Meksika bilan chegarada devor qurilishini to‘xtatadi, AQSHga bolaligidan olib kelingan yoshlar uchun deportasiyani kechiktiradi.

Bundan tashqari, Meksika bilan chegarada «boshqa mablag‘lardan devor qurilishiga sarmoya ajratilishini oqlash uchun bahona sifatida foydalanilgan» favqulodda holatning darhol tugatilishi e’lon qilinadi.
Shuningdek, devorni qurish loyihalarini moliyalashtirishning qonuniyligi va pudratchilarni tanlashda qo‘llaniladigan usullarning tahlili o‘tkazilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 2017 yil 27 yanvarda ayrim toifadagi shaxslar uchun AQSHga kirishni cheklovchi farmonni imzolagan edi. Mamlakatga Eron, Suriya, Liviya, Somali, Yaman va Iroq fuqarolari kirishi taqiqlangandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан