Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Joriy yilning 25-dekabrdan O‘zbekistonga kirib kelish pulli bo‘ladi. Sababi..
21.12.2020 19:22,  
642

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020 yil 25 dekabrdan e’tiboran O‘zbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bu haqda TIV axborot xizmati ma’lum qildi .

Ekspress test aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida va chegara punktlarida O‘zbekistonga keluvchilarning o‘z hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur tartibga ko‘ra COVID-19ga topshirilgan PZR testining manfiy natijasi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega shaxslardan ham eksrpess test olinadi.

Ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiriladi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga binoan, O‘zbekistonga kelishni rejalashtirgan vatandoshlarimiz va xorijiy davlatlar fuqarolaridan 2020 yil 25 dekabrdan boshlab joriy qilinadigan davlat chegarasini kesib o‘tishning yangi tartibini hisobga olishi so‘raladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан