Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST "COVID-19" kelib chiqishini o‘rganishning navbatdagi bosqichi uchun takliflar tayyorlaydi
30.05.2021 08:02,  
50

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari "COVID-19"ning kelib chiqishini o‘rganishning ikkinchi bosqichini boshlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. Bu haqda JSST vakili Fadela Shaib aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Bosh direktoriga infeksiyaning kelib chiqishini o‘rganishning yangi bosqichini o‘tkazish bo‘yicha taklifni tayyorlash birinchi hisobot uchun vaziyatni baholashni tayyorlagan texnik guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu o‘rinda, Shaib ehtimol boshqa mutaxassislarga murojaat qilish kerak bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi. Tadqiqot qachon o‘tkazilishi hali e’lon qilinmagan.

Avvalroq AQShning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini koronavirus kelib chiqishini o‘rganishning ikkinchi bosqichiga o‘tishga chaqirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari XXR hamkasblari bilan birgalikda olib borgan birinchi tekshiruv infeksiya qayerdan kelib chiqqanligi haqidagi savolga aniq javob olishga imkon bermadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан