Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST: dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 184 million 820 mingdan oshdi
9.07.2021 12:53,  
91

Sog‘liqni saqlash vazirligining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 184 million 820 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.

Shundan 4 million 2 mingdan ziyod kishi vafot etgan (08.07.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 18:18 holatiga ko‘ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 484 439 yangi holati aniqlandi.

9 391 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (09.07.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 185 million 560 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 010 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 33,429 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (30,709 milliondan ortiq),  

uchinchi o‘rinda Braziliya (18,855 milliondan ortiq),

to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (5,707 milliondan ortiq),

beshinchi o‘rinda esa Fransiya (5,681 milliondan ortiq).

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 36 990, Hindistonda 45 892, Braziliyada 62 504, Rossiyada 24 818, Fransiyada 4 081 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 3 milliard 355 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан