Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST: «hindcha» shtamm «asl» koronavirusdan ikki karra yuqumliroq
26.06.2021 11:21,  
241

Koronavirusning Hindistonda aniqlangan delta shtammi virusning Uxanda paydo bo‘lgan «asl» variantidan ikki baravar yuqumliroq. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh tadqiqotchisi Sumya Svaminatanga tayanib, «RBK» xabar berdi.

JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu shtammga chalingan odam infeksiyani «ikki emas, balki to‘rt, oltita va hatto sakkiz» kishiga yuqtirishi mumkin.

Svaminatan pandemiya boshlangan paytga nisbatan hozirgi kunda koronavirus bilan oilaviy kasallanish holatlari ko‘payganini ta’kidladi. U delta varianti tez orada dunyo bo‘ylab ustunlikka chiqishini istisno qilmadi, ilgari bu holat alfa variant («britancha» shtamm) bilan sodir bo‘lgan edi.

Mutaxassis mavjud vaksinalarning aksariyati «hech bo‘lmaganda kasallikning og‘ir kechishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun» samarali bo‘lib qolishini qo‘shimcha qildi.

Koronavirusning delta varianti 2020 yilning oktyabrida Hindistonda topilgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shtamm iyun oyi o‘rtalariga kelib 90 dan ortiq mamlakatda qayd etilgan. Yuqumlilik darajasining yuqori ekani va cheklovlarning bir qismidan voz kechish uning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Tashkilot mutaxassisi Mariya van Kerkxovening ta’kidlashicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra delta varianti kasallikning og‘ir kechishi xavfini oshiradi. Biroq yangi shtammning boshqalariga qaraganda ko‘proq o‘limga sabab bo‘lishi haqida dalillar yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан