Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST koronavirus bilan bog‘liq o‘ta jiddiy bayonot bilan chiqdi
6.03.2021 21:19,  
846

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ko‘plab odamlar va hukumatlar koronavirus pandemiyasini tugadi deb hisoblayotganidan juda xavotirda ekanini bildirdi. 

Bu haqda JSST favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, sayyoramiz aholisi ehtiyotkor bo‘lmasa "Covid-19"ning uchinchi va to‘rtinchi to‘lqinlari paydo bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas.

Koronavirusga qarshi vaksinalar qandaydir umid uchqunlarini bersada, Rayan hushyorlik va diqqatni yo‘qotmaslikni ta’kidlamoqda. 

«Vaksinaga ishongan odamlar, biroz erkin harakat qilishni boshladilar. Ularning xatti-harakatlarining o‘zgarishi esa oxir-oqibat epidemiologik vaziyatga va virusning tarqalish tezligiga ta’sir qiladi», deydi JSST mutaxassisi.

Rayan vaziyatni diqqat bilan kuzatishga hamda koronavirusni, shu jumladan uning yangi shtammlarini tarqalishiga qarshi ommaviy choralarni davom ettirishga chaqirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан