Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST "omikron"ning bir necha oy ichida butun dunyo bo‘ylab tarqalishidan xavotirda
29.12.2021 09:14,  
75

Koronavirusning “omikron” shtammi aniqlanganidan buyon bir oydan ziyod vaqt o‘tdi. Bu orada mazkur yuqumli mutatsiya haqida olimlar qator xulosalarini ham aytishdi. 

Shulardan navbatdagisi Janubiy Afrika Respublikasi tadqiqotchilariga tegishli. Olib borilgan izlanishlar yakunida qiziq bir fakt aniqlandi. Ya’ni yangi shtamm bilan kasallangan organizm "delta" variantini zararsizlantiruvchi antitanachalar ishlab chiqaradi.

Tajriba uchun 30 ga yaqin odam jalb qilindi. Ularning bir qismi koronavirusga qarshi emlanganlar bo‘lsa, qolgani vaksina olmagan qatlam orasidan tanlandi. Hali tadqiqot xulosalari xalqaro doirada tasdiqlangani yo‘q. Shunga qaramay, “omikron”ning qisqa muddatda dominant variantga aylanayotgani bu xulosalar asossiz emasligini ifodalaydi. 

London Qirollik kolleji professori Tim Spektor esa yangi shtamm belgilari emlangan va emlanmaganlarda o‘zaro farqli alomatlar bilan namoyon bo‘lishini aniqladi. 

Uning aytishicha, “omikron”ni yuqtirgan emlangan bemorlarda ko‘ngil aynishi va ishtaha yo‘qolishi, ba’zan qayt qilish holatlari kuzatilgan. Ammo tana harorati ko‘tarilmagan. Shuningdek, ular bosh va tomoq og‘rig‘idan shikoyat qilishgan. 

Biroq xavotirli jihati, bu virus turining dunyo bo‘ylab tarqalish sur’ati ham, yuqish ko‘rsatkichlari ham pasaygani yo‘q. Masalan, so‘nggi kunlarda Buyuk Britaniyada “omikron” bilan kasallanganlar soni 110 mingdan oshdi. Mamlakatda qayd etilayotgan yangi holatlarning 90 foizini shu shtamm tashkil etyapti.

Shuningdek, Norvegiya poytaxti Osloda yangi mutatsiya dominant variantga aylangan bo‘lsa, Avstraliyada “omikron”dan birinchi o‘lim qayd etildi. Belgiya hukumati esa pandemiyaning navbatdagi to‘lqini tufayli yangi cheklovlarni joriy etishga majbur bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, kinoteatr, teatr va konsert zallari yopilmoqda, bayram bozorlari muddatidan oldin yopilyapti, endi bolalar ham jamoat joylarida niqob taqib yurishlari shart. Qator kompaniyalar masofaviy ish rejimiga o‘tyapti. 

Qolaversa, Yangi yil bayrami arafasida “omikron” tarqalishi sababli dunyo bo‘yicha to‘rt mingga yaqin aviareyslar bekor qilindi. Shundan mingdan ziyodi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining prognoziga ko‘ra, yangi shtamm bir necha oy ichida butun dunyo bo‘ylab tarqaladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан