Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSSTda “Sputnik V” vaksinasini tan olish yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlandi
3.10.2021 13:12,  
102

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida (JSST) Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini tan olish yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlandi, ayrim ma’muriy jarayonlar qoldi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.

Rossiya vaziri tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus “keyingi ishlar” uchun to‘siq qolmaganini tasdiqlaganini ta’kidladi. Ular kuni kecha uchrashishgan.

Hozirda Rossiyada koronavirusga qarshi beshta vaksina ro‘yxatga olingan. Dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan “Sputnik V” vaksinasi Gamaleya markazi tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ko‘magida yaratilgan. Bugungi kunga kelib u 70 dan ziyod davlatda ma’qullangan va aholini emlash uchun foydalanilmoqda. 

O‘zbekistonda 30 sentyabr holatiga ko‘ra,  447 855 doza “Sputnik V” vaksinasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan. 218 ming kishi u bilan to‘liq emlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан