Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kanalga tushib ketgan Matiz olib chiqildi
23.09.2020 13:35,  
297

Joriy yilning 22 sentyabr kuni taxminan soat 14:30 larda Bo‘stonliq tumani Tovoqsoy qo‘rg‘onida yashovchi Ermatov Azizjon Xasanjon o‘g‘li o‘ziga tegishli bo‘lgan, “Matiz” rusumli avtomashinasida harakatlanayotgan paytda ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, Bo‘zsuv kanaliga tushib ketadi.

Avtomashina suvga tushib ketayotgan paytda fuqaro A. Ermatov mashinadan tushib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga asosan, qutqaruv ishlariga Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining 6 nafar xizmatchisi jalb qilingan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 1 ta maxsus, 1 ta yuk ko‘taruvchi avtokran yordamida avtomashina suvdan olib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан