Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin davrida pensiyalar o‘tgan davr uchun tayinlanadi
4.04.2022 14:59,  
97

Bunga O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 9 fevraldagi «Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-752-son Qonuni misol bo‘la oladi.

Ushbu Qonun bilan fuqarolarning pensiyaga bo‘lgan huquqi karantin davrida (amal qilgan vaqtda) paydo bo‘lgan va karantin sababli pensiya tayinlash uchun murojaat qila olmagan fuqarolar ushbu karantin tugaganidan keyin bir oy o‘tib murojaat qilgan taqdirda ham fuqarolarga pensiyalar karantin davrida pensiyaga bo‘lgan huquqi paydo bo‘lgan vaqtdan tayinlanadi va bir yo‘la to‘lab berilishi belgilandi.

Bu nima degani?

O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil 24 martdan koronavirus pandemiyasi sababli karantin e’lon qilingan va bugungi kunga qadar bekor qilinmagan. Bunda, fuqaro pensiya olish huquqi 2020 yil 24 martdan keyin paydo bo‘lib, pensiya tayinlash uchun 2022 yil mart oyida murojaat qilgan bo‘lsa ham unga pensiya huquqi paydo bo‘lgan sanadan boshlab to‘liq to‘lab beriladi.

Misol uchun:

Fuqaro (erkak) 2020 yil 1 may kuni 60 yoshga to‘ldi. Biroq, turli sabablar tufayli pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasiga o‘z vaqtida murojaat qila olmadi hamda 2022 yil yanvar oyida (ya’ni 20 oydan keyin) pensiya tayinlash uchun murojaat qildi. Bunda ushbu fuqaroga 2020 yil1 maydan pensiya tayinlanib, unga 2020 may – 2022 yil yanvar oylari (20 oy) uchun pensiyasi bir yo‘la hamda kelgusida har oylik pensiyasi to‘lanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан