Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin davrini qaysi mehmonxonalarda o‘tash mumkin (ro‘yxat va narxlari)
30.06.2020 20:19,  
2316

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 iyundagi qaroriga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ixtiyoriy ravishda o‘z hisoblaridan mehmonxonalarda karantinga olish tartibi belgilandi.

Hozirgi kunda fuqarolarni karantin talablari asosida joylashtirishga yetarli sharoit yaratgan va ularni qabul qilishga rozilik bildirgan mehmonxona faoliyatini yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxatlari shakllantirildi.

Unga ko‘ra, 300 ming so‘mgacha narxdagi 599 ta o‘ringa mo‘ljallangan jami - 13 ta, 301-500 ming so‘m narxdagi 4256 ta o‘ringa mo‘ljallangan jami - 54 ta, 501 ming so‘mdan yuqori narxdagi 3616 o‘ringa mo‘ljallangan jami 35 ta mehmonxonalar ro‘yxati shakllantirilgan.

Shu o‘rinda, bitta reys orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan fuqarolarning karantin davrida sanitar-gigiyenik xavfsizlik talablari joriy etilgan, Milliy gvardiya tomonidan tunu kun davomida qo‘riqlanadigan mehmonxonalarga tartibli joylashtirilishi, aholi o‘rtasida koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olish maqsadida mehmonxonalarning ro‘yxati har bitta narx toifasidan 3 tadan jami - 9 ta, eng kam narx taqdim qilgan mehmonxonalar kesimida e’lon qilib boriladi.

Bunda mehmonxonalar o‘rinlari soni karantinga olingan fuqarolar va qayd etilgan bronlar hisobiga to‘lgach, ro‘yxat yangilanib boriladi. 

Hudud Yuridik shaxs nomi/joylashtirish vositasi nomi Joylashtirish vositasi manzili  Narxi*
Toshkent shahri “ART PALACE HOTEL” XKning ART PALACE HOTEL mehmonxonasi Chilonzor tumani Naqqoshlik ko‘ch. 1-uy 250000
Toshkent shahri "TOSHKENT INTER TUR SERVIS" MChJning TOSHKENT INTER TUR SERVIS mehmonxonasi Olmazor tumani, Farobiy ko‘ch. 14-uy  250000
Toshkent shahri "ELRUS XOSTEL" OKning ELDORADO  mehmonxonasi Chilonzor tumani Qatortol ko‘ch. 6 mavzesi, 31-uy  250000
Toshkent shahri MChJ shaklidagi "DOBUSIYA" QKning GOLDEN VALLEY mehmonxonasi Yunusobod tumani A.Temur shox ko‘ch. 112-uy 350000
Toshkent shahri "AL-HOSILOT" MChJning AL HOSILOT mehmonxonasi Yakkasaroy tumani Sh. Rustaveli ko‘ch. 95-uy 350000
Toshkent shahri "RADDUS-JSS" MChJning RADDUS JSS mehmonxonasi Yakkasaroy tumani X.Suleymanova 39/41 350000
Toshkent shahri "ECO BOUTIC HOTEL" OKning ECO BOUTIQUE HOTEL mehmonxonasi Yunusobod t-n. Yetti Chinor ko‘ch. 60 uy 505000
Toshkent shahri "WINTER HOLIDAY" MChJning SAYYOH mehmonxonasi Chilonzor tumani Al Xorazmiy ko‘ch. 4/1-uy 510000
Toshkent shahri "OMAD-GROUP" MChJning ZAMONA mehmonxonasi  Chilonzor t-n. Bog‘iston ko‘ch. 1/1 520000

*Barcha xonalar narxi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: joylashtirish, 3 mahal ovqat, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tibbiy ko‘rik xizmatlari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан