Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantinga olingan shaxsning mobil telefoni nima uchun olib qo‘yiladi?
25.03.2020 16:01,  
702

Bu savolga "Huquqiy axborot" kanali izoh berdi.

Global pandemiya hisoblangan koronavirusga qarshi barcha zarur choralarni qo‘llash, bunda uning oldini olishda muayyan darajada muvaffaqiyat qozongan davlatlarning ilg‘or tajribasini qo‘llash bu virusga qarshi ishlab chiqilgan mamlakatimiz strategiyasining asosini tashkil qiladi.

Birinchidan, virusolog olimlarning ta’kidlashicha ushbu buyumlar infeksiyani o‘zida saqlovchi va tarqatuvchi xususiyatga ega bo‘lib, ularni karantin hududiga olib kirish sanitariya talablariga ziddir. Xususan, infeksiya qog‘oz va plastik yuzada eng uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin – 5 kungacha.

Ikkinchidan qaror bilan tasdiqlangan nizomda vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlardan shaxs infeksiya yuqishi mumkin bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lgan shaxslar va borgan joylarini aniqlash maqsadida o‘rganilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Jahon tajribasiga murojaat etilsa, Rossiya, Singapur, Isroil va boshqa bir qator davlatlarda bu usuldan foydalanilayotganini ko‘rish mumkin.

Xususan, Rossiyada bu usuldan mobil telefonlarning GPS funksiyasi orqali karantinga olingan shaxsning borgan manzillarini tahlil qilish orqali ehtimoliy aloqada bo‘lgan shaxslar doirasini shakllantirishda foydalanilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ayrim hollarda karantindagi shaxs o‘zlari bilan aloqada bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotlarni yashiradi yoki unutib qo‘yishi mumkin. Birinchi bemor bilan sodir bo‘lgan voqea bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Uchinchidan, bu cheklov jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborot tarqatilishini oldini olish imkonini ham beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda karantin joylaridan olingan ko‘plab videolar va sahnalar tarqatilmoqda. Ko‘plab post va roliklarda jamiyatga virus bilan kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, chet eldan olib kelingan fuqarolarni saqlash sharoitlari to‘g‘risida asossiz va buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, ushbu muassasalarda joylashtirilgan boshqa shaxslarga nisbatan shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga ko‘pincha rioya qilinmaydi.

Qonunga ko‘ra, jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiy axborot toifasiga kiradi.

Buzilgan ma’lumotlar va faqat sub’yektiv baholashlar aholi o‘rtasida vahima paydo bo‘lishiga yoki jamiyatda mish-mishlar va qarorlar qabul qilishga olib kelishi mumkin.

Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar shaxs davolash muassasasidan chiqayotgan vaqtda o‘ziga qaytarib beriladi yoki uning yaqin qarindoshlari yoxud vakillariga topshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан