Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kecha 579 kishida koronavirus aniqlandi, 5 bemor vafot etdi, 274 kishi sog‘aydi
27.07.2020 00:14,  
272

Shu yilning 26 iyul kuni mamlakatimizda 579 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 2 nafar, Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlarida jami 274 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 20 531 nafar bemordan 11 105 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 310 nafar bemordan 152 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 67 729 nafar, statsionar karantinda esa 26 317 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан