Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kecha 592 kishida koronavirus aniqlandi, 5 bemor vafot etdi, 359 kishi sog‘aydi
26.07.2020 00:18,  
570

Shu yilning 25 iyul kuni mamlakatimizda 592 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 2 nafar, Jizzax  viloyatida esa 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahrida, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Toshkent hamda Buxoro viloyatlarida jami 359 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 19 952 nafar bemordan 10 831 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 010 nafar bemordan 133 nafari og‘ir, 63 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 67 176 nafar, statsionar karantinda esa 26 098 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан