Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Kecha “ko‘chalar” kelishibdi. Yana “dolya“ beramizmi?"
11.11.2019 19:09,  
10632

Abduqodir Muhammadrasul ismli Facebook foydalanuvchisi tadbirkorlarning katta muammolaridan birini ko‘taribdi. Biz ushbu postni o‘zgartirishsiz e’tiboringizga havola qilyapmiz.

“Yoshligimda akalar aytishardi: “Har oyda “ko‘chaga” pul berish kerak. Seni himoya qilishadi“.
Keyinchalik “ko‘cha” ham, “uy” ham davlatni o‘zi bo‘ldi. Har oyda pul berib borardik. Himoya qilishardi.

Kimdan?

O‘zlaridan, albatta.

Pul bermagan savdogarni do‘koniga “ko‘cha”lar kelar, bir ayb topib jarima solib ketishardi. Bir akamiz bir yil pul bermadilar. Rosa xursand yurdilar. Biz har oyda 150 dan berib borardik. Yil oxirida akamiz do‘konlariga kelib uch kun poylab, oxiri chek urmaganlari bois jarima soldi hamda 1500 ga a’zo qilib ketdi.

2008 yil.

Tumanga “dolya”sini berib borar edik. Do‘konga bir oila kirdi. Xaridlar qilishdi. Hatto farzandiga ham narsalar olishdi. Hisobda dollar berib chiqishdi. “Xaridorlar” ochgan eshikni soliqchilar yopishdi. “Respublikadanmiz!“.

Tumanga qo‘ng‘iroq qildik. “Aka, bizlarga pul berishingizni aytmang iltimos! Bizni kuchimiz yetmaydi. O‘zingiz hal qilib oling“. 4000 norasmiy jarima va 5-10 dona eski kiyimlardan rasmiy jarima solishdi.

Rahbarimiz o‘sha haqiqiy ko‘chalarni qumsab qoldilar. “Ular bo‘lganida gapiga javob berardi. Bosmachi bo‘lsa ham mard edi. Pul berganga tegmasdi...“.

Uch yil avvalgi janozadan keyin bunday yozilmagan qoidalar yo‘q bo‘lgandi. Shu davr mobaynida birovga bir so‘m bermadik. Belgilangan soliqlarni to‘lab odamdek ishladik. Kecha “ko‘chalar” kelishibdi. Yanvar oyidan yana tayyorgarlikni ko‘rarmishmiz...“

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu vaziyatga oydinlik kiritishiga umid qilamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан