Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kecha O‘zbekistonda 492 kishida koronavirus aniqlandi, 4 bemor vafot etdi
25.07.2020 00:02,  
373

Shu yilning 24 iyul kuni mamlakatimizda 492 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida, Jizzax, Qashqadaryo va Namangan  viloyatlarida 1 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Andijon, Sirdaryo, Navoiy, Namangan hamda Surxondaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida jami 323 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 19 360 nafar bemordan 10 472 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 782 nafar bemordan 138 nafari og‘ir, 40 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 67 298 nafar, statsionar karantinda esa 25 802 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан