Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kechirim so‘rash qobiliyati — o‘ziga yetarlicha ishongan odamlarning sifati
20.11.2019 13:50,  
2670

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevdan uzr so‘rashini xohlashda davom etarkanman, aslida kechirim so‘rash haqida 2 og‘iz gapirib o‘tishni lozim topdim. Zero, hech kim mukammal emasligini bilamiz, hech kim xatodan sug‘urtalanmaganiniyam bilamiz. Insonmiz, xato qilamiz. Lekin oxirigacha inson bo‘lish kerak va xatodan keyin kechirim ham so‘rashni bilish kerak. Shunda hurmat yana oshadi.

Deyarli har qanday odamda kechirim so‘rash juda qiyin, birinchi navbatda u hamma uchun oson bo‘lgan aybdorlik hissini talab qiladi. Ba’zi odamlar kechirim so‘rashni o‘z qadr-qimmatini tahqirlash deb bilishadi, chunki ular ideal ekanliklariga ishonch hosil qilishadi va qilgan ishlarining hammasi doim to‘g‘ri deyishga ko‘nikkanlar. Bundaylarga ishontirishning foydasi yo‘q: bu o‘zgarib bo‘lmaydigan fe’l-atvor.

Yana bir holat borki, bir kishi ketma-ket kechirim so‘rab, atrofdagilarni bezor qilib yuboradi. Unga: "Ha, bo‘ldi-da endi, kechirim so‘rashni to‘xtatarsiz!" demasangiz to‘xtamaydi ham. Bunday xatti-harakatlar o‘ziga ishonchsiz odamlar uchun ko‘proq xarakterlidir.

Kechirim so‘rash xatongizni tan olish va uni tuzatish istagidir. Va shu istakni namoyish qilishdir. Bundan tashqari, bu xo‘rlanish yoki zaiflik emas, balki aqlning kuchliligi va nohaq ekaningizni tan olish qobiliyatingizdir.

Agar biz haqiqatan ham kimnidir xafa qilgan bo‘lsak, unda qoida tariqasida uzr so‘rashimiz kerak, chunki biz boshqa odamga noqulaylik tug‘dirganimiz uchun aybdor bo‘lamiz. Noxush hodisa natijasida ikkalasi ham azob chekishadi: biri ko‘ngli og‘riganidan, ikkinchisi aybdorlikdan. O‘sha paytda, qilganimiz uchun uzr so‘rab, ruhiy xotirjamlikni hayotga qaytarishga harakat qilamiz. Bundan tashqari, bizdan xafa bo‘lgan kishi uzrni qabul qilsa, hayot yana samimiy davom etaveradi.

Eng muhimi: kechirim so‘rash yoki so‘ramaslik haqida qaror qabul qilishdan oldin, siz aybdor ekaningizga roziligingizni tan olishingiz kerak. Ehtimol, siz ongli ravishda harakat qilgandirsiz? Siz qandaydir aniq natijaga erishishni xohlagandingiz va o‘zingizni 100 foiz to‘g‘ri deb bilasiz. Bunday holda, kechirim so‘rash ma’nosizdir, chunki siz o‘z aybingizni ko‘rmaysiz va majburiy uzr samara bermaydi.

Biroq, sizning aybsizligingiz aniq ko‘rinib tursa-da, atrofingizdagi odamlar sizni kechirim so‘rashingiz kerakligiga ishontirishga urinsalar, bu holatda dalillar turlicha bo‘lsa ham, xafa bo‘lgan odam(lar) yaxshi odam ekanligidan tortib, qandaydir tarzda foydali bo‘lgan aloqani yo‘qotishdan qo‘rqish kerak. Chunki bunday holda, oqibatlar muhim bo‘lib qoladi, bu sizni kelajakda biron bir ustunlikdan mahrum qiladi, misol uchun, oilaviy-qarindoshlik aloqalarga uzishi mumkin yoki sizga yoki atrof-muhitga zarar etkazishi mumkin. Albatta, bir nechta variant mavjud: maslahatchilarni tinglash va kechirim so‘rash muhimligicha qoladi. Bu holda hamma narsa faqat sizga bog‘liq bo‘ladi.

Shuni esda tutish kerakki, uzr so‘ragan kishi, o‘zining aybsizligiga amin bo‘lsa, so‘zlari ishonarli bo‘lolmaydi lekin ehtiyotkorlik bilan kechirim so‘rashi mumkin: "Meni kechir, ammo baribir haqman!". Bunday shakldagi uzrdan siz ham, suhbatdoshingiz ham foyda ko‘rmaysizlar va nizo faqat kuchayishi mumkin.

Agar vaziyat hali ham stressni yengillashtirishni talab qilsa va siz hali ham o‘z haqligingizga amin bo‘lsangiz, lekin, masalan, siz yanada to‘g‘ri shaklda gaplasha olaman deb o‘ylasangiz, boshqa tomon bilan aloqada o‘z pozitsiyangizni aql bilan izohlashingiz ham mumkin. Bunday holda, ikkinchi tomon siz qo‘pol bo‘lganingiz uchun uzr so‘raganingizdan qoniqishi mumkin va muloqot atrofdagi his-tuyg‘ularni emas, balki vaziyatni o‘zi muhokama qiladigan konstruktiv shaklga o‘tishi mumkin.

O‘z xatolarini tan olish, ko‘pchilik o‘ylaganidek, zaiflik, xo‘rlanish emas. Sizning noto‘g‘ri ekaningizni tan olishingiz, kechirim so‘rashingiz va keyingi vaziyatlarda ma’qulroq yo‘lni taklif qilish uchun imkoniyatdir. Albatta, buning uchun insonda aql va hatto jasorat yetarli bo‘lishi kerak. Ishonamanki, Jahongir Ortiqxo‘jayevda mamlakatdagi jurnalistlardan kechirim so‘rash uchun bunday sifat topiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан