Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ketma-ket uch nafar bokschimiz JChdan chiqarib yuborildi
3.11.2021 10:49,  
287

Serbiyada o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorakfinal bahslari vakillarimizga omadsiz keldi.

Abdumalik Xalakovning yorqin g‘alabasidan so‘ng ketma-ket uch nafar bokschimiz medallardan quruq qoldi. Bungacha Nodirjon Mirzahmedov ham qozog‘istonlik bokschiga yutqazgandi.

Avvaliga -75 kg vazn toifasida Saidjamshid Ja’farov jangda ustunlik qilgan bo‘lsada, hakamlar 3:2 hisobidagi g‘alabani tailandlik Viparon Jongjoxoga berib yuborishdi.

So‘ng superog‘ir vazn toifasida Lazizbek Mullojonov armanistonlik David Chaloyanga mag‘lub bo‘lgani e’lon qilindi. Yana hisob – 3:2.

-63,5 kg vazn toifasida Mujibillo Tursunov kubalik taniqli bokschi Endi Kruzga qarshi jang qilib u ham 3:2 hisobida yutqazdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан